2.2 SHARQ VA GARB UYGONISH DAVRI MADANIYATLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Abstract
ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada sharq va garb uygonish davri madaniyatlari va ularning xususiyatlari, rivojlanishi xususida so’z boradi..
Kalit so‘zlar: Madaniyat, tarix, sharq va garb uygonish davri.
KIRISH. Insoniyat tarixida Sharq uyg’onish davri pedagogikasi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu davr pedagogikasida axloqiy fazilatlar va ta’lim-tarbiya masalalariga juda katta e’tibor qaratilgan. Shaxs kamoloti masalasi o’sha davr mutafakkirlarining diqqat markazida bo’lgan. Bu davrda ta’limiy, tarbiyaviy va axloqiy mazmunda yaratilgan quyidagi; “Fozil odamlar shahri”, “Baxt saodatga erishuv haqida”, “Axloq haqida risola”, “Ishq risolasi”, “Qutadg’u bilig”, “Axloqi Nasriy”, “Axloqi Jamoliy”, “Axloqi Muhsiniy”, “Hibatul-haqoyiq”, “Qobusnoma”, “Guliston”, “Bo’ston”, “Mahbub ul-qulub” kabi asarlarda ta’lim-tarbiya, milliy axloq-odob borasida, milliy urf-odatlar, turli-tuman an’analarni joy-joyiga qo’yish, milliy qadriyatlarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.