2.3 MDH DAVLATLARINING TERRORZIMGA VA EKSTREMIZMGA QARSHI KURASHI.
Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada MDH davlatlari tomonidan ayrim hududlarda terrorimga qarshi kurashning ustuvor yoʻnalishlari va amaliy chora-tadbirlari koʻrib chiqilgan. Shu bilan birga, aholining migratsiya jarayonlariga ham toʻxtalib oʻtilgan.
Kalit soʻzlar: Terrorizm, ekstremizm, xalqaro hamkorlik, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi, aksilterror, BMT.
Terrorizm insoniyat bilan birga XXI asrga kirib kelgan eng xavfli ijtimoiy illatlardan biriga aylandi. Bugungi kunda ekstremizm va terrorizm alohida mamlakatlarning milliy xavfsizligi va umuman jahon hamjamiyatiga jiddiy tahdid uygʻotayotgan omilga aylandi. Umumbashariy muammoga aylangan ekstremizm va terrorizmni jahon hamjamiyati faqat birgalikda, turli tor geosiyosiy manfaatlardan voz kechgan holda harakat qilibgina yenga olishi mumkinligi aksariyat davlatlar tomonidan tan olingan ayni haqiqatdir. Shuningdek, RSSSRning parchalanishi va chegaralari mustahkam boʻlmagan yangi suveren davlatlarning shakllanishi milliy va transmilliy jinoiy guruhlarning oʻz faoliyati chegaralarini kengaytirish imkoniyatlarini oshirdi va oʻzaro taʼsirini osonlashtirdi. Xalqaro jinoyatchilik darajasi tez koʻtarila boshladi. Global terroristik tajovuz yanada murakkab shakllarga ega boʻlib, uning geografiyasi, koʻlami, amalga oshirish usullari va intilish obyektlari kengayib bormoqda.[1]
[1] Sm.:Feofanov K.A.Xalqaro terrorizmning tsivilizatsiyaviy va ijtimoiy kelib chiqishi // Ijtimoiy-gumanitar bilimlar, 2004 yil, 5-son, b. 39-54.