5.2 TARIXIY VA ZAMONAVIY BINOLARNI MODERNIZATSIYA QILISH VA FUNKSIONAL IMKONIYATLARINI OSHIRISH
Abstract
Mazkur maqola tarixiy va zamonaviy binolarni modernizatsiya qilishning ahamiyatini va bu jarayonning ilmiy asoslari yoritilgan. Unda binolarni tiklash va zamonaviylashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan texnologiyalar, ekologik barqarorlik tamoyillari hamda yurtimizdagi modernizatsiya qilingan obyektlar bo`yicha misollar tahlil qilingan. Binolarning funksional imkoniyatlarini kengaytirish orqali ularning iqtisodiy va ijtimoiy qiymatini oshirishga e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar: Tarixiy binolar, zamonaviylashtirish, energiya samaradorligi, ekologik barqarorlik, texnologiyalar, me’moriy yodgorliklar, ventilyatsiya.
Аннотация: Данная статья освещает важность модернизации исторических и современных зданий, а также научные основы этого процесса. В ней анализируются технологии, используемые в процессе восстановления и модернизации зданий, принципы экологической устойчивости, а также примеры модернизированных объектов в нашей стране. Особое внимание уделяется увеличению экономической и социальной ценности зданий за счет расширения их функциональных возможностей.
Ключевые слова: Исторические здания, обновление, энергоэффективность, экологическая устойчивость, технологии, архитектурные памятники, вентиляция.
Abstract: This article highlights the importance of modernizing historical and contemporary buildings and the scientific foundations of this process. It analyzes the technologies used in the restoration and modernization of buildings, principles of environmental sustainability, and examples of modernized structures in our country. The focus is placed on enhancing the economic and social value of buildings by expanding their functional capabilities.
Keywords: Historical buildings, renovation, energy efficiency, environmental sustainability, technologies, architectural monuments, ventilation.
Kirish.
Tarixiy va zamonaviy binolar jamiyatning madaniy merosi va texnologik rivojlanish darajasini aks ettiradi. Ularni saqlash, tiklash va zamonaviylashtirish bugungi kunda global darajadagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Binolarni modernizatsiya qilish jarayonida ularning me’moriy o‘ziga xosligi va tarixiy qiymatini saqlab qolish bilan birga, zamonaviy foydalanish ehtiyojlariga moslashtirish ham muhimdir. Shu orqali binolar zamonaviy jamiyat talablariga javob bera oladigan darajada funktsional bo‘lib, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.


