1.3 SHAMOLNING GEOLOGIK ISHINI DALA SHAROITIDA KUZATISH
Abstract
Annotatsiya: Shamolning geologik ishini dala sharoitida kuzatish hamda shamol ta’sirida yer yuzasining katta maydonlarida turli yotqiziqlar.
Kalit so‘zlar: Shamol, geologik, yotqiziqlar, deflyatsiya, o‘yilma, balandlik, qum, qatlam, dyuna, maydon, chuqur, relyef.
Kirish: Shamol barcha tabiiy mintaqalarda, ayniqsa qulay sharoit mavjud bo‘lgan yerlarda katta geologik ish bajaradi, ya’ni qurg‘oqchilik tumanlarda o‘simlik qobig‘i siyrak yerlarda, tog‘ jinslari jadal nuragan yerlarda, to‘htovsiz shamol esib turadigan va katta tezlik rivojlanish uchun sharoit mavjud bo‘lgan yerlarda bu holni kuzatish mumkin.
Asosiy qism: Shamolning geologik faoliyati quruqlikda, tog‘ jinslarini parchalanishda, ularni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda va ularni yotqizishda namoyon bo‘ladi.
Shamol ta’sirida yer yuzasining katta maydonlarida turli yotqiziqlar yotqiziladi va yer qiyofasining turli shakllarini hosil qiladi (Qoraqum, Qizilqum, Muyunqum va boshqalar) [1].
Shamol o‘z ta’sirini tekis yer yuzalarigagina o‘tkazmay, uning chuqur joylariga xam ta’sir o‘tkazib, tog‘ jinslarining zarralarini yulib, uchirib olib ketadi. Bu xodisaga deflyatsiya deyiladi. Bu jarayon natijasida to‘siq hosil qilgan tog‘ jinslari yuzasida turli kattalikdagi va o‘lchamdagi, chuqurlikdagi notekisliklar, o‘yilgan joylar hosil bo‘ladi [2,3].
Bu hosil bo‘lgan o‘yilma (chuqurcha)larga shamol kiradi va jins zarralarini yulib olib, uchirib ketadi va jarayon shu tariqada kuchayib boradi.
Shamolning o‘yishi va kavlashi ta’siri natijasida turli ko‘rinishdagi shakllar va relyeflarni hosil qiladi, ya’ni g‘orlar, shamol vodiylari, kotlovanlari, qattik jinslarda esa minora, ustunlar, tosh qo‘ziqorinlari hosil bo‘ladi [4].
Deflyatsiya jarayoni bilan korraziya (silliqlash, charxlash) jarayoni ham bir vaqtda yuz beradi. Cho‘lda shamol bilan birga ko‘tarilgan qum zarralari turli to‘siqlarga kuch bilan uriladi. Agar tog‘ jinslari o‘z tarkibi bo‘yicha turli kattalikdagi minerallardan tashkil topgan bo‘lsa, ularning yuzasi chuqurchalar bilan qoplanadi, bir xil minerallardan tashkil topgan bo‘lsa, ular bir tekis silliqlanadi.
Korraziya jarayonining jadalligi tog‘ jinslarining kattikligiga, strukturasi va teksturasiga, yorilganlik darajasiga, qatlam-qatlam bo‘lib yotishi bilan bog‘liq [5].
Shamol bilan harakatlanayotgan zarralar asosan yer yuzasidan 1,5-2,0 m balandlikda harakat qilgani uchun korraziya asosan to‘siqlarning asosida uchraydi. Cho‘llarda uchraydigan yakka qoya toshlarda shamolning ta’siridan turli ko‘rinishdagi shakllar xosil bo‘ladi [6-8].
Shamol bilan ko‘tarilgan jins zarralari balandlik bo‘yicha saralanadi. Yirik (3-4 sm) zarralar 2-5 metr balandlikda, yirik donali qumlar 8-10 metr balandlikda, mayda qumlar bir necha o‘n metr balandlikga, chang zarralari esa 1000 metr va undan ortiq balandlikga ko‘tariladi va xarakatlanadi. Shamol bilan ko‘tarilgan gil, chang va qum zarralari o‘n, yuz ming kilometrlarga olib ketadi. Ularning to‘planishi zarralarning kattaligi bo‘yicha saralanish bilan bir vaqtda sodir bo‘ladi. Eng yiriklari yer yuzasi bo‘ylab yumalaydi va juda kichik to‘siqlarga duch kelishi bilan o‘z xarakatini to‘xtatadi. To‘siqlar atrofida qum zarralarining yig‘ilishi natijasida kichik qum do‘ngliklari hosil bo‘la boshlaydi. So‘ngra bu qum do‘ngliklari tez o‘sa borib balandligi 30 metrlarga yetish mumkin. Bunday yoy shakli ko‘rinishidagi qum tepaliklarini barxanlar deyiladi [9].
Barxanlarning shamolga qaragan tomonining qiyaligi 8-140, shamolga teskari tomonining qiyaligi 30-35 ga teng bo‘ladi.
Barxan guruhlari keng maydonlarda barxan tizmalarini hosil qiladi. Barxan yotqiziqlari aksariyat mustahkamlangan bo‘lmaydi va shamol yo‘nalishi bo‘ylab ko‘chib yuradi. Ularning harakat tezligi yiliga bir-necha santimetrdan 7-12 metrga yetishi mumkin. Shamolning yo‘nalishi o‘zgarishi bilan qum tepalarining harakat yo‘nalishi va shakli o‘zgarib turadi.
Dengiz, ko‘l va daryo qirg‘oklarida joylashgan qumlarning shamol ta’siridan harakatlanishi, tashilishi va sohil bo‘ylab yotkizilishi natijasida cho‘ziq qum uyumlari ya’ni dyunalar hosil bo‘ladi [10]. Bu jinslar yotish holati bo‘yicha qirqimda qiyshiq qatlamli, yotiq linzasimon, gorizontal qatlam shakllari ko‘rinishini xosil qilib yotadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, shamolning faoliyati xalq xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi, harakatlanuvchi qumlar ta’sirida esa hosildor yerlarni, imorat va inshootlarni qum bosishi mumkin. Ko‘chma qumlarni mustahkamlash uchun ildiz tizimi ko‘p va chuqurga ketadigan o‘t va daraxtlar ekiladi. Buning uchun biz qumning harakat yo‘liga sun’iy to‘siqlar qo‘yish, ayrim hollarda esa harakatlanuvchi qumlarga qotib qoluvchi eritmalar shimdirish orqali mustahkamligini oshirishni taklif etamiz.
Xulosa: Xulosa qilib aytganda, ko‘p asrlar davomida odamlar turli xil tabiiy jarayonlarni kuzatdilar, ularning xususiyatlari, sabablari va oqibatlarini payqaydilar; e’tibor bering, ba’zi jarayonlar tez-tez va katta kuch bilan sodir bo‘ladi va bir joyda ular juda kamdan-kam kuzatilishi mumkin. Tabiiy jarayonlar bir-biri bilan bog‘liqligini, ular sayyoramizni doimiy va doimiy ravishda o‘zgartirishini va boshqalarga e’tibor bermasdan turib, hech narsani o‘rganish mumkin emasligini sezmaslik qiyin. Tabiiy resurslar va hodisalar esa ushbu jarayonlar atrofimizdagi muhitga ijobiy ta’sir qiladimi yoki yo‘qligini aniqlab bo‘lmaydi. Butun dunyo olimlari halokat va o‘limga olib keladigan ofatlarning oldini olish, insoniyat uchun qulayroq bo‘lgan jarayonlarni targ‘ib qilish maqsadida tabiat qonuniyatlarini, undagi jarayonlar, hodisalar, ular o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganmoqda. Tabiat yashaydigan qonunlarni o‘rganish, inson u bilan muloqot qilishni o‘rganishini anglatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
- Z. Nazarov Injenerlik geologiyasi. Т.: O‘qituvchi, 1980. -177 b.
- Karimova A.B., Sheraliyeva X. YMTY-11 guruh talabasi Qumli gruntning fizikaviy ko‘rsatkichlarini tavsiflash orqali hisobiy qarshiligini aniqlash // Academic Research in Educational Sciences Volume 3 Issue 12 December, 2022, 04.Октябрь, 2022,. – p.477-482.
- Karimova A.B., Barotov A. YMK-3 guruh talabasi Gruntlarning fizik - mexanik xossalarini aniqlash // Procedia of Theoretical and Applied Sciences (Portugal) «International Symposium of Life Safety and Security» 04.Октябрь, 2022,. – p.1-5.
- Karimova A.B., Barotov A. (2023/3/6). Impact of Earthquakes on Artificial Structures. Miasto Przyszłości, 33, p. 48-52.
- KA Baxtiyеrovna, BA Ixtiyor o‘g‘li. Qoziqli poydevor turlari va uning o‘ziga хos хususiyatlari. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 165-168.
- Baxtiyerovna, K.A., & Ixtiyor o‘g‘li, B.A. Temirbeton kо‘priklarda gidroizolyasiyaning ahamiyati. In Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies (Vol. 2, No. 4, pp. 536-541)
- АБ Каримова, ЖТ ўғли Озоджонов Шахар ра транстпорташ инфраструктуреша уровенаша балан кадан баруй замонба земонда алиш намешудаги манолит куприко рая мегузарондаги проект и сохтана худашба мос хосиятош // Educational Research in Universal Sciences 2 (4), 188-193.
- Шермухамедов У.З., Каримова А.Б. Современные подходы проектирования и строительства мостов и путепроводов в Республике Узбекистан // "Science and innovation" international scientific journal. Volume 1 Issue 8, UIF-2022: 8.2. ISSN: 2181-3337. – p. 647-656.
- Shermukhamedov, U. Z., Karimova, A. B., Khakimova, Y. T., & Abdusattorov, A. A. (2022). Construction technology of new types of continuous reinforced concrete (monolithic) bridges and overpasses. Scientific Impulse, 1(4), 1023-1032.
- Shermuxamedov U.Z, Karimova A.B., Hakimova Ya.T. Real seysmogramma yozuvlari ta’sirida uzluksiz monolit ko‘prik konstruksiyalarining dinamik tahlili. Международный научный журнал «Научный импульс», №3 (100), часть 1, Октябрь, 2022. – с. 291-296.