1.5 TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYA TUSHUNCHASI VA UNING ASPEKTLARI
Abstract
Tayanch iboralar: pedagogik texnologiya, interfaol, aspekt, innovatsiya, texnologik mezonlar, ilmiy asoslari.
Ta'lim texnologiyali muammolari, tarix fani bo’yucha hozirgacha o`qituvchi-novatorlarning ulkan tajribalari doimiy ravishda umumlashtirishni va sistemalashtirishni talab etadi Innovatsion texnologiya tushunchasi pedagogik leksikaga mustahkam kirib keldi. Ammo uni tushunish va ishlatishda turlicha o`qishlar katta farqi bor. “Ta’limda innovatsion texnologiya” tushunchasi uchta aspektlar bilan taqdim etilishi mumkin:
Ilmiy pedagogik texnologiya - o`qitishning maqsadi, mazmuni va metodlarini o`rganuvchi va ishlab chiquvchi, pedagogik jarayonlarni loyihalashtiruvchi pedagogika fanning bir qismidir.
Protsessual - ta'rifiy: jarayonni tasvirlash o`qitishning ko`zda tutilgan natijalariga erishish uchun vositalar va maqsad, metodlar to`plami.
Protsessual - amaliy: texnologik jarayonni amalga oshirilishi, hamma shaxsiy, instrumental va metodologik pedagogik vositalarning ishga solinishi.
Shunday qilib, innovatsion texnologiya o`qitishning eng samarali yo`llarini izlovchi fan sifatida ham, o`qitishda qo`laniladigan usullar, prinsiplar va boshqaruvlar sistemasi sifatida ham, o`qitish haqiqiy jarayoni sifatida ham ishtirok etadi.
Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalari darajalari.
“Pedagogik texnologiya” tushunchasi ta'lim amaliyotida uchta tartib bilan bir-biriga bog`liq darajalarda ishlatiladi.
Umumpedagogik (umumdidaktik) daraja: umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ta'limning ma'lum bosqichida ushbu region, o`quv yurtida yaxlit ta'lim jarayonini ifoda etadi. Bu yerda pedagogik texnologiya pedagogik tizimga o`xshashdir: unga o`qitishning maqsadlari, mazmuni, vosita va metodlari to`plami, faoliyat ob'ekti va sub'ekti algoritmi kiradi.
Tarix fanining metodik darajasi: Tarix fanining metodik darajasi “tarix faninng metodik” ko`rinishida qo`llaniladi, ya'ni tarix fani bo’yicha,tarix o`qituvchisi doirasida o`qitish va tarbiyalash ma'lum mazmunini amalga oshirish uchun metodlar va vositalar to`plami sifatida ishlatiladi.
Lokal (modulli) darajasi: lokal texnologiya o`quv-tarbiyaviy jarayonning alohida qismlari, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalarni hal etish texnologiyasidan iborat (alohida turdagi faoliyat, tushunchalar shakllantirish, alohida shaxsiy sifatlarni tarbiyalash, dars texnologiyasi, materiallarni takrorlash va tekshirish texnologiyasi, mustaqil ishlar texnologiyasi va boshqalar).
Bundan tashqari texnologik mikrostrukturalarni ham ko`rsatdilar: usullar, qismlar, elementlar va boshqalar.
Texnologik chizma – bu tarix o’qitishning texnologik jarayonini shartli ravishda tasvirlash, ularni alohida qismlarga ajratish va ular orasidagi mantiqiy bog`liqliklarni ko`rsatish. Tarix o’qitishning texnologik xaritasi – bu tarix fanini o’qitishda qadamma-qadam, bosqichma-bosqich harakatlar ketma-ketligi ko`rinishida (ko`pincha grafik shaklda) qo`llaniladigan vositalarni ko`rsatib jarayonni tasvirlash.
Texnologiyalar va metodikalarning aralashtirib yuborilishi ba'zan metodika texnologiya tarkibiga kirishiga, ba'zan esa aksincha, u yoki bu texnologiyalar - o`qitish metodikasi tarkibiga kirishiga olib keladi.
Ta’limda innovatsion texnologiya tuzilishiga quyidagilar kiradi:
- Ta’limning kontseptual asosi.
- O`qitishning mazmunli qismi:
- o`qitish maqsadlari – umumiy va xususiy, aniq;
- o`quv materiali mazmuni.
- Protsessual qismi – texnologik jarayon:
- o`quv jarayonini tashkil etish;
- o`quvchilar o`quv faoliyati metodlari va shakllari;
- materiallarni o`zlashtirish jarayonini boshqarish bo`yicha o`qituvchining faoliyati;
- o`quv jarayoni diagnostikasi.
Fanini o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiya ma’lum bir bir metodologik talablarga yoki texnologiklik mezonlariga javob bera olishi kerak. Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalari ning asosiy sifatlari quyidagilarda ifoda etiladi:
- Tarix fanida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyada ta'lim maqsadlariga erishish tarixiy-falsafiy, psixologik, didaktik va ijtimoiy-pedagogik asoslarini ichiga oluvchi ma'lum ilmiy konsepsiyaga tayanish xos bo`lishi kerak.
- Tizimlilik. Tarix fani o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiya tizimli bo`lishi kerak: tarix o’qitishda texnologik jarayonning mantiqi, uning hamma qismlari bog`liqligi, yaxlitligi.
- Boshqariluvchanligi o`qitish jarayoni diagnostik maqsadni ko`zlash, rejalashtirish, loyihalashtirish, bosqisma-bosqich diagnostika qilish, natijalarni tuzatish maqsadida vosita va metodlarni o`zlashtirish mumkinligini ko`zda tutadi.
- Ta’limda kompetentlik (Moslik)- Kompetentlik deganda shaxsning bilim, ko’nikma, malakasining ijtimoiy professional mavqeiga mosligi va o’ziga tegishli vazifalarni bajarish, muammolarni hal qilishga qodirligi tushuniladi.
Ta'limning metodlari va vositalarida falsafiy asoslarni aniqlash qiyinroq. Bir xil metodlar g`oyalari bo`yicha umuman qarama-qarshi texnologiyalarda qo`llanilishi mumkin. Shuning uchun bir texnologiya u yoki bu falsafiy asosga moslanishi mumkin (misol uchun: o`yin).
Zamonaviy jamiyatshunoslik fanlarida u yoki bu darajada ta'lim jarayonida mavjud bo`lgan tarixiy-falsafiy yo`nalishlar, maktab, oqimlar ko`p turlari mavjud.
Umum tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalari da asosiy falsafiy muammolari
Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalari konsepsiyalarida eng aniq ko`rinadigan bir necha bir-biriga mos falsafiy asoslarni ajratib ko`rsatamiz: materializm va idealizm, dialektika va metafizika skeptizm va tabiiy muvofiqlik, insonparvarlik va antiinsonparvarlik, antroposofiya va teosofiya, pragmatizm va ekzistentsializm.
O`quv jarayonida texnik vositalardan foydalanish.
XX asrning 80-yillarida zamonaviy pedagogik jarayonning, pedagogik texnologiyaning mohiyatini yanada chuqurroq anglab yetishga urinishlar davom etdi.
Rossiya XX asrning 90-yillarida ta’limda innovatsion texnologiyalar bo`yicha Markaz tashkil etildi, “Maktab texnologiyasi”, “Ta'limda innovatsiyalar” jurnallari nashr etiladi.
O`zbekiston 1997 yili kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan boshlab ta'lim tizimida, pedagogik nashrlarda ta’lim taraqqiyoti muammolari dolzarb tadqiqotchilik ob'ektlari sifatida ko`tarila boshlandi.
1999 yilda Respublika ta'lim Markazi qoshida ta’limning innovatsion texnologiyalari bo`yicha Markaz tashkil etildi. Maxsus jurnallar hozir yo`q, lekin ta’limning innovatsion texnologiyalari muammolari bo`yicha maqolalar “Xalq ta'limi”, “Pedagogik ta'lim”, “Ta'lim va tarbiya” jurnallarida, “Ma'rifat”, “O`qituvchilar gazetasi” va boshqa ilmiy-pedagogik nashrlarda bosilib chiqarilmoqda.
1994 yili ta’limning innovatsion texnologiyalari muammolari bo`yicha 1-Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi o`tkazildi, ma'ruzalar va hisobotlar materiallari maxsus to`plamda chop etildi.
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti qoshida pedagogika fanlari doktori, professor N.N. Azizxodjayeva rahbarligi ostida innovatsion texnologiyalar Markazi tashkil etildi, bu markaz zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar muammolari bo`yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish bilan shug`ullanadi. Bugingi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi iste’dod jamg’armasi tashkil etilgan, bunda ko’plab pedagog kadrlar ta’limning yangi innovatsion texnologiyalari bo’yicha malaka oshirib qaytishlari mumkin
Adabiyotlar ro’yxati:
- I.A.Karimov. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat. T.: 1992.
- I.A.Karimov. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T.: 1992.
3 .I.A.Karimov. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotning poydevori. - T.: «Sharq», 1997.
- N.N.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat.-T.: TDPU. 2003.
- Asqarov A. O’zbekiston mustaqilligi sharoitida tarix fanining vazifalari.- “O’zbekistonda ijtimoiy fanlar” 1992. № 7-8.
- Gaffarov YA, Gafforova M. O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.T., 1996.
- Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.
- Yo’ldoshev J.G’. J.G’.Yo’ldoshev. Ta’lim yangilanish yo’lida.-T.: O’qituvchi. 2000.
- Lerner I.YA. O’qitish metodlarining didaktik asoslari.M.,1991
- Maxmutov M. Maktabda muammoli ta’limni tashkil qilish.T.,1991