3.9 MAMLAKATDA BIZNES SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA IQTISODIYOTIMIZDA BIZNESNI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • Eshimova Gulandom Iqtisodiyot fakulteti 201-guruh talabasi

Abstract

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish mamlakat iqtisodiyoti rivojining garovidir. Kichik va o‘rta biznesning innovatsion rivojlanishi nafaqat ishlab chiqarish hajmini oshirish, byudjetga tushadigan soliqlar miqdorini oshirish, balki davlat ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash imkonini beradi. Aholi o’rtasida ishsizlik darajasi pasayadi, mehnat o’rinlari soni ortadi, daromad oshadi, turmush darajasi yaxshilanadi. Ushbu maqolada biznes samaradorligini oshirish to'g'risida tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so’zlar: iqtisod, biznes, sarmoya, hamkorlik, tadbirkorlik

Аннотatsiя: Развитие малого и среднего бизнеса является залогом развития экономики страны. Инновационное развитие малого и среднего бизнеса позволяет не только увеличить объемы производства, увеличить объем налогов, поступающих в бюджет, но и улучшить социально-экономическую ситуацию в стране. Уровень безработицы среди населения снизится, количество рабочих мест увеличится, доходы возрастут, улучшится уровень жизни. В этой статье представлены рекомендации по повышению эффективности бизнеса.

Ключевые слова: экономика, бизнес, инвестиции, кооперatsiя, предпринимательство.

Abstract: The development of small and medium-sized businesses is the guarantee of the development of the country's economy. Innovative development of small and medium business allows not only to increase the volume of production, to increase the amount of taxes coming to the budget, but also to improve the socio-economic situation in the country. The unemployment rate among the population will decrease, the number of jobs will increase, income will increase, and the standard of living will improve. This article provides recommendations on how to improve business performance.

Key words: economics, business, investment, cooperation, entrepreneurship

Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik sohasi jadal rivojlanib borayotgan bo’lsada, mazkur sohani yanada rivojlantirish yo’llarini aniqlash va ustuvor yo’nalishlarini belgilash bo’yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda. Respublikamizda iqtisodiyotni bozor qonunlari talablari asosida shakllantirib, ishlab chiqarishni erkin raqobat muhitida olib borish muhim masala hisoblanadi. Tobora kuchayib borayotgan raqobatbardosh va talabchan ishbilarmonlik muhiti barcha tashkilotlarni, hatto notijorat tashkilotlarni ham o'z bizneslarini doimiy ravishda yaxshilashga undaydi.

Tadbirkorlik - bu shaxsiy tashabbus, tadbirkorlik qobiliyatlari va xatarni qabul qilish asosida ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, savdo-sotiq faoliyatini tadbirlar asosida amalga oshirish orqali daromad olishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat. Tadbirkorlik iqtisodiyot sub’ektlarining mavjud iqtisodiy, tabiiy, mehnat va intellektual salohiyatlarini oqilona sarflab, samaraliroq natijalarga erishishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, u bozor munosabatlari rivojlanishida iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchga aylanadi.

Published

19-07-2024

How to Cite

Eshimova Gulandom Iqtisodiyot fakulteti 201-guruh talabasi. (2024). 3.9 MAMLAKATDA BIZNES SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA IQTISODIYOTIMIZDA BIZNESNI RIVOJLANTIRISH. SUN SHINE SCIENTIFIC JOURNAL, 1(3), 35–38. Retrieved from https://sunshine-aeb.uz/index.php/current/article/view/118