6.4 VARVARIZM VA KOD ALMASHISH: INGLIZ VA O'ZBEK MATERIALLARI ASOSIDA

Авторы

  • Xomidjonova Mohinur Otabek qizi

Аннотация

Mazkur maqolada varvarizm va kod-almashish hodisalarining ingliz va o‘zbek tillaridagi namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda ularning o‘zaro munosabati tahlil qilinadi. Tadqiqotda varvarizm va kod-almashish tushunchalarining lingvistik mohiyati, ularni bir-biridan farqlash mezonlari hamda nutq jarayonidagi funksional xususiyatlari yoritiladi. Ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida o‘zga til birliklarining nutqqa kirib kelish sabablari, ularning kommunikativ, pragmatik va uslubiy vazifalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘zga til elementining varvarizm sifatida shakllanishi va kod-almashish jarayonida qo‘llanishi o‘rtasidagi chegaraviy holatlar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida qiyosiy, tavsifiy, lingvopragmatik va kontekstual tahlil metodlaridan foydalaniladi. Tadqiqot natijalari varvarizm va kod-almashish hodisalarini o‘zaro farqlash, ularning ingliz va o‘zbek tillaridagi funksional xususiyatlarini aniqlash hamda ikki hodisaning zamonaviy til jarayonlaridagi o‘rnini belgilashga xizmat qiladi.

Опубликован

2026-09-24

Как цитировать

Xomidjonova Mohinur Otabek qizi. (2026). 6.4 VARVARIZM VA KOD ALMASHISH: INGLIZ VA O’ZBEK MATERIALLARI ASOSIDA. MOON SHINE SCIENTIFIC JOURNAL, 6(1), 15–22. извлечено от https://sunshine-aeb.uz/index.php/current/article/view/168

Выпуск

Раздел

Статьи

Категории