3.6 O‘RTA OSIYO XONLIKLARI DAVRIDA BOJXONA VA SAVDO MASALASI

Mualliflar

  • Haydarova Malika Shaxriddin qizi

Abstrak

Maqolada O‘rta Osiyo xonliklarining tarixiy savdo karvonlari, bojxona faoliyatining rivojlanib borishi va savdogarlarning dunyo ahamiyatidagi  tovarlari masalalari yoritilgan bo‘lib, sayohatnomalar, kundaliklar va sitatistik materiallar asos qilib olindi.

     Kalit so‘zlar: Karvonsaroy, sardoba, bojxona, tranzit, Tarif ibn Malluk, diplomatik, Marv, Turfon, savdo, dukat, Tuya.      

        Annotation: The article covers historical trade caravans of Central Asian khanates, the development of customs activities and the world-important goods of merchants, based on travelogues, diaries and statistical materials.

        Key words: Caravanserai, cistern, customs, transit, Tarif ibn Malluk, diplomatic, Marv, Turfon, trade, ducat, Tuya.

 

       Biz tadqiq qilayotgan ushbu mavzu bugun mamlakatimiz hamda uning iqtisodiy salohiyati uchun naqadar dolzarb ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Eng muhimi mavzu yuzasidan tarixda savdo yo‘llarining ahamiyatini ochib, bojxona faoliyati rivojlanishini yillar ketma-ketligida o‘rganamiz.             

       O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasidagi savdo yo‘llari bo‘ylab o‘nlab rabotlar, karvonsaroylar, sardobalar qurilgan. Masalan, Buxoro - Samarqand yo‘li bo‘yida joylashgan mashhur Raboti Malik karvonsaroyi, Buxoro-Qarshi yo‘li bo‘yida joylashgan Qorovulbozor karvonsaroyi, sardobasi, Kasbi, Qarshi, Qamashi sardobalari, Bo‘zachi raboti savdo karvonlari xavfsizligini hamda ularni ichimlik suvi bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynagan. Karvonlarni suv bilan ta’minlashda quduqlar ham katta rol o‘ynagan. O‘rta Osiyoning dasht va cho‘llarida qadimdan ko‘plab quduqlar barpo etilgani ma’lum. Ko‘rib chiqilayotgan davrda Buxoro - Marv oralig‘idagi cho‘l hududida quduqlar 2-5 sajendan 10-11 sajengacha chuqurlikda qazilgan.

Tadqiqot ishi doirasida Markaziy Osiyo bojxona tarixiga doir ma’lumotlar tahlili qilinib, mintaqada mavjud savdo yo‘llari, nazorat tayanch maskanlar, xonliklar davrida mavjud karvon-saroylarning bojxonaga doir vazifalari, tovar va yig‘imlar miqdori, chegara davlatlar bilan savdo munosabatlari, tranzit savdoda vositachilik va boj masalalari kabi jarayonlar yoritib berilgan. Bundan kelib chiqadiki Markaziy Osiyoda bojxona sohasidagi tashkiliy-boshqaruv xususiyatlari, qonunchilik normalari (diniy qoidalar asosida), iqtisodiy-moliyaviy jihatlar o‘rganish, manbalarni tahlil qilish, O‘rta Osiyo xonliklarida mavjud bojxonalar tovar-pul munosabatlari va iqtisodiy hayotga ta’siri masalalarini o‘rganish yana bir alohida masala hisoblanadi[1:197-b].

Nashr qilingan

2024-07-19