4.3 EKSPLUATATSIYA QILINAYOTGAN TEMIRBETON KO‘PRIKLARNING TEXNIK HOLATNI BAHOLASH USULLARI

Mualliflar

  • Ilmiy rahbari:t.f.n., professor Salixanov Saidxan Salixanovich Magistrant :Azamjonov Ro‘ziboy Saydmurodjon o‘g‘li Toshkent davlat transport universiteti

Abstrak

Maqola ekspluatatsiya qilinayotgan temir-beton ko'priklarning texnik holatini baholash usullarini o'rganadi.Ko'prikning konstruktiv ishonchliligi, mustahkamligi, ekspluatatsion xavfsizligi va qolgan xizmat muddatini aniqlashga qaratilgan muhandislik-diagnostik tadbirlar muhokama qilinadi. Vizual ko'rik, instrumental tekshiruv, materiallar holatini baholash, hujjatlar tahlili va hisoblash modeli orqali baholash kabi asosiy metodik bosqichlar tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar: Temir-beton ko'priklar, texnik holat, baholash usullari, vizual ko'rik, instrumental tekshiruv, materiallar holati, hujjatlar tahlili, hisoblash modeli, ishonchlilik, mustahkamlik, xavfsizlik, xizmat muddati.

Annotation

The article studies the methods of assessing the technical condition of reinforced concrete bridges in operation. Engineering diagnostic measures aimed at determining the structural reliability, strength, operational safety and remaining service life of the bridge are discussed. The main methodological stages are analyzed, such as visual inspection, instrumental inspection, assessment of the condition of materials, analysis of documents and assessment using a computational model.

Key words: Reinforced concrete bridges, technical condition, assessment methods, visual inspection, instrumental inspection, condition of materials, analysis of documents, computational model, reliability, strength, safety, service life.

KIRISH : Ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil temirbeton ko‘priklarning texnik holatini baholash ularning konstruktiv ishonchliligi, mustahkamligi, ekspluatatsion xavfsizligi hamda qolgan xizmat muddatini aniqlashga qaratilgan muhim muhandislik-diagnostik tadbir hisoblanadi. Mazkur baholash jarayoni transport inshootlarining barqarorligini, funksionalligini va xizmat ko‘rsatish davomiyligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Texnik holatni kompleks baholash quyidagi asosiy metodik bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

- vizual ko‘rik;

- instrumental tekshiruv;

- materiallar holatini baholash;

- hujjatlar tahlili (ko‘prik pasporti va ekspluatatsiya jurnali);

- hisoblash modeli orqali baholash;

- baholash mezonlari;

- baholash natijasini aniqlash.

Ekspluatatsiya qilinayotgan temirbeton ko‘priklarning texnik holatini baholashda vizual ko‘rik muhim bosqichlardan biridir. Bu usul texnik holatni dastlabki aniqlash, nuqsonlarni aniqlash va ularning xavf darajasini baholash imkonini beradi. Vizual ko‘rik ko‘prikning barcha asosiy elementlarini (oraliq qurilmalar, tayanchlar, poydevorlar, qatnov qismi konstruksiya elementlari va h.k.) inson ko‘zi bilan bevosita tekshirish orqali ularning holatini baholash usulidir. Ko‘rik oddiy asboblar bilan (lineyka, lenta, bolg‘a, lupa) yoki maxsus qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.

Nashr qilingan

2025-06-10