3.2 SAVODXONLIKKA ILK QADAMLAR
Аннотация
Boshlang’ich ta’limda savodxonlikni shakllantirish va rivojlantirish juda muhim.Ushbu maqolada aynan shu mavzular o’z aksini topgan. Ushbu maqolada bugungi davr ta’limini tubdan o‘zgatish qisman yoritilgan. Bunda qo‘yilgan asosiy talab yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, tez o‘zgarayotgan dunyoga moslashishni o‘rgatishdan iboratdir. Shu bilan birga o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishga qaratilgan
Kalit so’zlar:ta’lim,savodxonlik,integrtsiya,jamiyat.metod,onlayn
Abstract: It is very important to form and develop literacy in primary education. These topics are reflected in this article. In this article, the radical change of education of today's era is partially covered. The main requirement is to raise the scientific outlook and intellectual development of the young generation to a qualitatively new level, to teach them to adapt to the rapidly changing world. At the same time, it aims to introduce innovative forms and methods of education into the educational process
Key words: education, literacy, integration, society, method, online
Hozirgi kunda o‘quvchilarni har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatli, erkin fikrga ega, nutqi ravon, barkamol, komil inson etib tarbiyalash, o‘quvchilarga har tomonlama bilim berishda o‘qituvchi oldiga katta ma’suliyat yuklatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Farzandlarimizning qobilyatlarini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar yetishib chiqadi, men bunga ishonaman” deb xalq oldida yoshlarga nisbatan o‘z ishonchinibildirib o‘tdilar. Mana shunday buyuk mutafakkirlardek insonlarni voyaga yetkazishimiz uchun albatta, poydevorni mustahkamlashimiz kerak. Mustahkam qurilgan poydevor ustida har qanday yuksalishlarga qo‘rqmasdan intilishimiz mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun ushbu yuksak maqsadlarga erishishlarida barcha shart-sharoitlar yaratilib berilmoqda. Faqatgina bulardan to‘g‘ri, oqilona foydalana olsak bo‘lgani. Ta’lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning o‘zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaxs kamolotini ta’minlashga erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir.