3.2 SAVODXONLIKKA ILK QADAMLAR

Mualliflar

  • Rajabova Munisa Aminboy qizi Guliston Davlat Universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti Boshlang’ich ta’lim ulubiyoti yo’nalishi talabasi +998991337265 munisarajabova259@gmail.com

Abstrak

Boshlang’ich ta’limda savodxonlikni shakllantirish va rivojlantirish juda muhim.Ushbu maqolada aynan shu mavzular o’z aksini topgan. Ushbu maqolada bugungi davr ta’limini tubdan o‘zgatish qisman yoritilgan. Bunda qo‘yilgan asosiy talab yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, tez o‘zgarayotgan dunyoga moslashishni o‘rgatishdan iboratdir. Shu bilan birga o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishga qaratilgan

  Kalit so’zlar:ta’lim,savodxonlik,integrtsiya,jamiyat.metod,onlayn

          Abstract: It is very important to form and develop literacy in primary education. These topics are reflected in this article. In this article, the radical change of education of today's era is partially covered. The main requirement is to raise the scientific outlook and intellectual development of the young generation to a qualitatively new level, to teach them to adapt to the rapidly changing world. At the same time, it aims to introduce innovative forms and methods of education into the educational process

Key words: education, literacy, integration, society, method, online

          Hozirgi  kunda  o‘quvchilarni  har  tomonlama  yetuk,  intellektual  salohiyatli,  erkin fikrga  ega,  nutqi  ravon,  barkamol,  komil  inson  etib  tarbiyalash,  o‘quvchilarga  har tomonlama bilim  berishda o‘qituvchi  oldiga katta ma’suliyat yuklatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Farzandlarimizning qobilyatlarini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar  etsak,  yurtimizdan  yana  ko‘plab  Beruniylar,  Ibn  Sinolar,  Ulug‘beklar  yetishib chiqadi, men bunga ishonaman” deb xalq oldida yoshlarga nisbatan o‘z ishonchinibildirib o‘tdilar.  Mana shunday buyuk mutafakkirlardek  insonlarni voyaga yetkazishimiz uchun albatta, poydevorni mustahkamlashimiz kerak. Mustahkam qurilgan poydevor ustida har qanday yuksalishlarga qo‘rqmasdan intilishimiz mumkin.  Boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilari  uchun  ushbu  yuksak  maqsadlarga  erishishlarida barcha  shart-sharoitlar  yaratilib  berilmoqda.  Faqatgina  bulardan  to‘g‘ri,  oqilona foydalana olsak bo‘lgani.  Ta’lim-tarbiyani tashkil  etish jarayonida fanlararo  aloqadorlik, ijtimoiy  va  tabiiy  omillarning  o‘zaro  muvofiq  kelishiga  erishish  omillari,  atrof-muhit hamda  ijtimoiy  munosabatlar  ta’sirida  shaxs  kamolotini  ta’minlashga  erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir. 

Nashr qilingan

2024-06-30

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##